31456_2_65A446A59BA6DD77E93A51E60329B2E20E5BE23F - PDF to Flipbook
Published on Sep 14, 2026
Description:
1
A.A. AXMEDOV
IJTIMOIY
PEDAGOGIKA
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
(O‘quv qo‘llanma)
“KAMOLOT” nashriyoti
BUXORO-20232
UO‘K: 37.013.78
KBK: 74.66.6/8
А 11а
A.A. AXMEDOV. IJTIMOIY PEDAGOGIKA/ [Matn]:
o‘quv qo‘llanma / Amin Axmedov - Buxoro : “BUXORO
DETERMINANTI” MCHJning Kamolot nashriyoti, 2023. - 244 b.
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasasida ta’lim
olayotgan Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, unda ijtimoiy pedagogika, uning o‘qituvchi
faoliyatida tutgan o‘rni, zamonaviy yondashuvlardan foydalanish
asosida qadriyatlar, shaxs qadriyati hamda oilaviy qadriyatlar
haqidagi tushuncha va ma’lumotlar berilgan bo‘lib, oilaviy
qadriyatlarni hurmat qilishning pedagogik - psixologik asoslari,
globollashuv sharoitida oilaviy qadriyatlarni asrab qolish va ularga
e’tiborli bo‘lish, talabalarda oilaviy qadriyatlarga ijobiy
munosabatlarni rivojlantirish texnologiyalarini qo‘llash usullari
haqida tavsiyalar berilgan.
Taqrizchilar:
B.B. Ma’murov - pedagogika fanlari doktori, professor
G.T. Boymurodova - pedagogika fanlari doktori, dotsent
N.E.Azimova - pedagogika fanlari nomzodi, professor
ISBN: 978-9943-9479-9-3
© “KAMOLOT” nashriyoti
© A.A. Axmedov
Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining
«27» martdagi « 68 »sonli burug’iga asosan nashrga ruxsat berildi.
Ro‘yxatga olish raqami 68-745.3
KIRISH
Hozirgi kundagi global o‘zgarishlar, fan - texnika va axborot -
kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI
asr o‘qituvchisidan pedagogik mahoratni, o‘tkir irodani, pedagogik -
psixologik bilimlarni, o‘z fanini chuqur bilishni va yuksak tafakkurni,
siyosiy savodxonlikni, fikrlash doirasi keng va mulohazali bo‘lishni
talab qiladi. Ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar o‘qitish shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol
shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g‘oyalar bilan boyitishni
puxta bilishi lozim. Zero, shaxsni har tomonlama barkamol inson
darajasida tarbiyalash nihoyatda murakkab jarayon bo‘lib, juda qadim
zamonlardan buyon ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb
etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi,
mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham
belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Ushbu
tajribalar o‘qitish shakllarida foydalaniladigan o‘qitish qonuniyatlari,
prinsiplarini ijodiy qo‘llashda, ilmiy bilishga doir g‘oyalar,
nazariyalar, qonuniyatlarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Ayniqsa, qadimdan buyuk allomalar vatani bo‘lib kelgan
O‘zbekistonda yosh avlod tarbiyasi mutlaqo o‘zgacha ma’no kasb
etishi muqarrar. O‘qituvchi - O‘zbekistonning porloq kelajagini barpo
etuvchi, dunyoga mashhur mutafakkir va olimlarning davomchisi
bo‘lgan yosh avlod ta’lim - tarbiyasi uchun javobgar shaxsdir.
Shunday ekan, o‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi
qiyofasi, uning o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota - onalar o‘rtasidagi
obro‘ - e’tibori hozirgi zamon talablariga mos bo‘lishi shart.
O‘qituvchi barkamol avlod ta’lim - tarbiyasi uchun javobgar shaxs
bo‘lib, nafaqat ma’naviy - axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga
o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini ham namoyon
eta olishi, yetuk o‘qituvchi sifatida malakali kadrlarni tayyorlash
ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
mustaqillikning 30 yillik bayrami tantanalarida so‘zlagan nutqida
Harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalarda keng ko‘lamli
o‘zgarishlar amalga oshirilayotganini, ana shu islohotlarning
muvaffaqiyati, mamlakatning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy 4
davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi avvalo ilm - fan va ta’limtarbiya sohasining rivoji bilan uzviy bog‘liqligini ta’kidlab o‘tdi.
“Yangi O‘zbekiston davlatini barpo etish, uni yanada taraqqiy
ettirishga qaratilgan og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga, g‘oyat
sharafli mehnatingizni munosib qadrlash uchun Siz ustozlarga
davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar
etishga tayyormiz”
1
, - deya va’da berdi. Bu o‘qituvchiga e’tibor
zamirida ulkan ishonch va ma’suliyat borki, qaysikim
o‘qituvchilardan katta mehnat, kasbiy bilimdonlik, jahon standartlari
asosida doimiy o‘z - o‘zini rivojlantirib borish, pedagogik mahoratni
oshirib borish kabi vazifalarni talab etadi.
“Ijtimoiy pеdagogika” kursi talabalarning umumpеdagogik
bilim darajasini kеngaytirish bilan birga, ularni jamiyatdagi turli
ijtimoiy munosabatlar, ma’naviy omillar, shuningdеk, mazkur fanning
ob’еkti, prеdmеti, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi,
katеgoriyalari, ijtimoiy pеdagog kasbining o‘ziga xos xususiyatlari
kabi muammolar ustida bosh qotirishga undaydi. O‘quv fanining
maqsadi va vazifalari.
Fanni o‘qitishdan maqsad - bolalarni ijtimoiylashtirish
jarayonida ijtimoiy tarbiya va ijtimoiy ta’lim qonuniyatlarini
o‘zlashtirish.
Fanning vazifasi - gumanitar bilishning sohasi sifatida ijtimoiy
pеdagogika, uning obyеkti, tadqiqot prеdmеti va asosiy katеgoriyalari
haqida nazariy bilimlar bеrish; talabalarda ijtimoiy - pеdagogik
tadqiqotga doir ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga
qo‘yiladigan talablar “Ijtimoiy pеdagogika” o‘quv fanini o‘zlashtirish
jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
ijtimoiy - pеdagogik faoliyatning madaniy - tarixiy an‘analari;
ijtimoiy - pеdagogik faoliyat rivojining tarixiy omillari; pеdagog,
ijtimoiy - pеdagog va ijtimoiy xodimning kasbiy faoliyatidagi farqlar;
ijtimoiy - pеdagogning kasbiy faoliyati strukturasi; ijtimoiy - pеdagog
faoliyati vazifalari; ijtimoiy - pеdagogning kasbiy tayyorlashda
uzluksiz ta’lim mazmuni; O‘zbеkistonda ijtimoiy pеdagog amaliy
faoliyatining o‘ziga xosliklari; maktabgacha yoshdagi bola shaxsini
1 Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Mustaqilligining o’ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi nutqidan5
ijtimoiylashtirish mohiyati; bola shaxsini ijtimoiylashtirishda mikro
muhitning roli; rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bola, nogiron bola,
chеklangan imkoniyati bola tushunchalari tavsifi; imkoniyati
chеklangan bolalarni ijtimoiylashtirishdagi umumiylik va tafovutlar;
imkoniyati chеklangan bolalarni ijtimoiylashtirishning shartlari va
xuquqiy mе’yorlari; ijtimoiy pеdagogik katеgoriyalar; ijtimoiy
pеdagogikaning tamoyillarini bilishi kеrak; - ijtimoiy pеdagog faoliyat
mеtodikasi va tеxnologiyasi; asotsial oilaga ijtimoiy - pеdagogik
yordamning asosiy shakllari; ijtimoiy pеdagog faoliyatida ishontirish
mеtodlari, korrеktsiya, mashqlarini qo’llash; kasbiy faoliyatda
sotsiologik mеtodlardan foydalanish; ijtimoiy pеdagogik
tеxnologiyalarini qo‘llash; xavotirli oila ijtimoiy maqomini tavsiflash;
xavotirli oila bilan ishlash mеtodlarini qo‘llash ko‘nikmalariga ega
bo‘lishi kеrak;
- ota - ona vasiyligisiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy - pеdagogik
faoliyat olib borish; dеviant xulqli bolalar bilan ijtimoiy - pеdagogik
faoliyatni tashkil etish va olib borish malakalariga ega bo‘lishi kеrak.6
REJA:
1. Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot obyekti va predmeti.
2. Ijtimoiy pedagogikaning tamoyillari.
3. Ijtimoiy pedagogikaning kategoriyalari.
4. Ijtimoy pedagogikaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
5. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari
Tayanch atamalar: sotsializatsiya (ijtimoiylashuvi), psixologik -
pеdagogik, sotsiologiya, ijtimoiy pedagogika, pedagogik sotsiologiya,
jamiyat, sotsium, shaxs, ijtimoiy pеdagogikaga ehtiyoj, O‘zbеkistonda
ijtimoiy pеdagogika fani paydo bo‘lishining shart - sharoitlari, amaliy
ijtimoiy faoliyat.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach milliy tarbiya va ta’lim
sohasida keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish uchun zamin
yaratdi. Zotan, mustaqillik fikr - mulohazalarda ozod, o‘z haq - huquqini
yaxshi taniydigan, izlanuvchan, zamonaviy bilimga ega, Vatanga, ona
zaminimizga sadoqatli, boqimandalikning har qanday ko‘rinishlarini
o‘zi uchun or deb biladigan, o‘z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan,
o‘z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg‘un holda
ko‘radigan barkamol insonni tarbiyalashni talab etadi.
Respublikamiz Sobiq Ittifoq tarkibida davrida uning ta’lim
tizimi markazlashtirilgan, milliy mintaliteti e’tiborga olinmagan, o‘ta
mafkuralashgan, zarur kasbiy yo‘naltirishga e’tibor berilmagan edi.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mavjud ta’lim sohasidagi ijobiy
natijalarni saqlab qolish va o‘tmishdan qolgan merosning salbiy
jihatlarini hamda o‘tish davri bilan bog‘liq qiyinchiliklarni bartaraf etish
uchun bosqichma - bosqichlik asosida jiddiy choralar ko‘rish zarur edi.
1 - MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGIK
FAOLIYAT PEDAGOGIKA FANI
SOHASI SIFATIDA
Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot obyekti va predmeti7
Shu nuqtai nazardan muhtaram Prezidentimiz ta’lim - tarbiya masalasiga
kuyunchaklik, diqqat, qat’iyat bilan yondashib, jamiyat rivojini dastlab
ta’lim va tarbiya masalalariga bog‘liq ekanligini ham ilmiy - nazariy,
ham amaliy jihatdan asoslab berdi.
Mamlakatimizning birinchi rahbari Islom Karimov yosh avlod
ta’lim - tarbiyasi haqida davlatning bosh islohatchilik roli to‘g‘risida
to‘xtalar ekan, “Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga
olib boradigan yo‘ldagi asosiy tayanchimiz - insondir. Yuksak malakali
va Yuksak ma’naviyatli insondir. Bu narsa ayniqsa yosh avlodga
tegishli. Kelajagi buyuk davlat, eng birinchi navbatda, bo‘lajak
fuqarolarining madaniyati, ma’lumoti va ma’naviyati haqida
g‘amxo‘rlik qilmog‘i zarur” ekanligini qayd etadi.
Bugungi kunda mamlakatni yanada rivojlantirishga erishishi
bilan bog‘liq voqeliklar taraqqiyotimizni belgilab olish jarayonida davlat
tuzulmalari va institutlari bilan birga jamiyatni isloh qilish, uni
boshqarish, rivojlantirish va milliy qadriyatlar asosida
modernizatsiyalash zarurligini muhim vazifaga aylantridi. Bu esa o‘z -
o‘zidan mazkur jarayonlarni tartibga solish, boshqarish yuzasidan
siyosiy - huquqiy asoslarni yaratishni takomillashtirish va ushbu tizimni
ijtimoiy - falsafiy jihatdan tatqiq etish orqali inson manfatlarini
ta’minlashni uning huquq va erkinliklarini, osuda va farovon hayotini
himoya qilishni, jamiyat boshqaruvini modernizatsiyalash ustivor vazifa
sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Ijtimoiy pеdagogika fan sifatida pеdagogikadan ajralib chiqdi.
Uni o‘rganilish jarayoni va ko‘rinishi pеdagogika fani tomonidan
o‘rganadigan, biroq o‘ziga xosligi aniq bir sohani o‘rganish jihatdan
tadqiq qilinadi. Pеdagogika fani bu yangi tarmog‘ining o‘ziga xosligi ―
ijtimoiy so‘zida namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy tushunchasi (lotincha socialis - umumiy, jamoatchilik)
insonlarning birgalikdagi hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, ularning muomala
va bir - biriga ta’sirining turli xil shakllari birlashtiradi. Ijtimoiy
pedagogika o‘z nomiga ko‘ra sotsium, ya’ni jamiyat bilan shug‘ullanadi.
Shu bois uni jamiyat tarbiyasi ham deyish mumkin. Jamiyat tarbiyasi
deganda “Inson” tizimi ichida olib boriladigan tarbiya tushuniladi.
Ya’ni, bevosita insonlararo munosabatlar jarayonidagi tarbiyaviy ta’sir,
shuningdek ijtimoiy institutlar faoliyatining (xayriya jamg‘armalari,
tashkilotlar, jamiyatlar va assotsiatsiyalar) tarbiyaviy ta’siri nazarda
tutiladi. Ijtimoiy “autsayderlar”, ya’ni qariyalar, nogironlar, yolg‘iz 8
yashovchilar, iqtisodiy nochor ahvolda yashovchilar va xalqning shu
kabi boshqa tabaqalariga kiruvchilarga yordam berish ijtimoiy
pedagogikaning maqsadalaridan biridir. Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy
ta’sir vositasida insonlarda insoniylik, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik,
mas’uliyatlilik singari fazilatlarni shakllantirish mumkinki, ushbu
jarayonda oila, maktab va boshqa o‘quv muassasalari yordamchilar
sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Ijtimoiy pedagogika (lat.socium -
jamiyat)ning asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini
o‘rganishdan iborat. Demakki, uning obyekti ijtimoiy hayotiy tarbiyaviy
jarayonlardir. Predmet esa, shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhitning
ta’siri qonuniyatlari, jumladan oilaning, birlashmalarning,
jamg‘armalarning tarbiyaviy ta’siri kabilar hisoblanadi. Demak, ijtimoiy
pedagogikaning predmeti - bu shaxsning ijtimoiylashuv jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogika, ayniqsa, “og‘ir guruh”larga alohida e’tibor
qaratadi. Bu guruhga taqdir taqozasi bilan og‘ir vaziyatlarga tushib
qolgan shaxslar kiradi. Bular: narkomanlar, ishsizlar, jinoyatchilar,
qamoqda o‘tirib chiqqan kasallar, jinoiy guruhlarga va man etilgan diniy
sektalarga o‘zlari bilmagan holda kirib qolgan shaxslar va h.k kiradi.
Shuningdek, ijtimoiy pedagogika katta yoshdagi va qariyalarni, ishlab
chiqarish jarayonlaridagi rahbar va xodimlarning o‘zaro munosabatlari,
ayollar tarbiyasi, kasbidan qoniqmaganlik, qolaversa dam olishga, ruhiy
kasallangan, ta’lim olishdagi muammolar, tarbiyasi og‘ir bolalar kabi
muammolarni ham nazardan chetga qoldirmaydi. Ijtimoiy hayotning
turli jabhalaridagi bu insonlar, albatta, yuqori malakali pedagogik
yordamga muhtojdirlar.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator baxs -
munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Yaxshi ma’lumki, har qanday fan
inson bilimi sohasi sifatida nazariya va amaliyotning birligi sifatida
faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir - birini to‘ldirib kelishadi va
voqelikning mukammallashuviga o‘z ta’sirini ko‘rsatishadi. Demak, biz
ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida
o‘rganishimiz lozim. Bundan tashqari ijtimoiy pedagogika ko‘pgina
boshqa fanlar (falsafa, matematika, biologiya) kabi o‘quv fani bo‘lib
ham xizmat qilishi mumkin.
O‘zbekiston qadimiy tarix va pedagogik an’analarga ega davlat
bo‘lgani uchun qadimdan ijtimoiy pedagogika fanining Sharq
mutafakkirlari va diniy arboblar asarlarida rivojlanishi asoslari
mavjuddir. XIX asrda O‘zbek ma’rifatparvarlari, XX asrdagi novator 9
pedagoglarning ijtimoiy tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy bilimlar
uchun boy materialni tashkil qiladi. Biroq ma’lum bir davrda ijtimoiy
pedagogikaning MDH hududidagi tadrijiy rivojlanishi to‘xtatib
qo‘shildi. Bu ish avvaliga inqilobgacha bo‘lgan davrda pedagogikadan
voz kechish, so‘ngra ijtimoiy muammolarni ma’lum qilmaslik siyosati
bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, ana shu asosdan kelib chiqib, aytish
mumkinki, ijtimoiy pedagogika ilmiy nazariy bilimlar va ijtimoiy -
pedagogik faoliyatini o‘rganadi, keyinchalik unga burjuaziya fani
sifatida qaralgan. Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX
asrning 90 - yillarida ro‘y berdi. Uning qayta “tug‘ulishi” ijtimoiy
pedagoglarning zamonaviy sharoitlardagi faoliyatlarida, amaliyotda
ijtimoiy pedagogika fanining yutuqlaridan foydalanish zaruriyati
tug‘ilgani bilan izohlanadi. Bu yerda davlat va jamiyatning faoliyat
yuritishining yangi tamoyillari - bozor iqtisodiyoti, raqobat, byudjetdan
pul ajratishni kamaytirish, dunyo hamjamiyatiga kirish, iqtisodiy
holatning barqarorligi nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga ijtimoiy
hayotni demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga kirish aholining
kam ta’minlangan qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab
qiladi. Biroq bundan avvalgi davrning nazariya va amaliyotining
tizimlashtirilmog‘ini bu ikki soha bir - biridan alohida ravishda
rivojlanishiga sabab bo‘ldi va ijtimoiy pedagogika fan sifatida
shakllanishiga ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada bugunda ilmning bu sohasini
to‘liq qamrab oluvchi ta’rif mavjud emas.
Masalan, Yu.V.Vasilkova bu fanni “alohida shaxs va guruhni
tarbiyalash va o‘qitish nazariya va amaliyoti” deb ta’kidlaydi .
A.V.Mudrikning fikricha ijtimoiy pedagogika “barcha yosh
guruhlar va ijtimoiy toifalarni ijtimoiy tarbiyasini o‘rganuvchi
pedagogikasi”dir.
V.D.Semenov ijtimoiy pedagogika yoki muhit pedagogikasi fan
yutuqlarini birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy - tarbiya amaliyotida
amalga oshiradi, deb hisoblaydi.
I.Podlasiyning “Pedagogika darsligida quyidagicha ta’rif
mavjud: “ijtimoiy pedagogika - ijtimoiy muhitning shaxsni
shakllantirishga va ijtimoiy tarbiya muammolariga ta’siri
qonuniyatlarini o‘rnatuvchi fan”.
Yu.N.Galaguzova ijtimoiy pedagogikaga uning ob’ekti va
predmetini aniqlash orqali ta’rif bermoqchi blo‘lgan.10
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash
uchun “fan” tushunchasining o‘zi inson faoliyatining ob’ektiv bilimlarni
tizimlashtirish va ishlab chiqishga qaratilgan faoliyati ekanligini
ta’kidlash lozim. Tushunchaning ilmiy mazmuniy jihatini O‘rganish
“ijtimoiy pedagogika” atamasining o‘ziga e’tibor qaratishni talab qiladi.
U ikki sohadan iborat bo‘lib, ularni bitta sohaga birlashtirib turadi. Bu
birlashuv tasodifiy emas va fanda tabaqalashuv va ixtisoslashuvning
zamonaviy jarayonlariga bog‘liq. Pedagogika fanida tabaqalashuv va
ixtisoslashuv jarayoni so‘nggi paytlarda ancha kuchaydi. Ba’zi bir
ixtisoslashtirilgan sohalar - maktabgacha pedagogika, maktab
pedagogikasi, maxsus pedagogikasi, kasb - hunar pedagogikasi, tarix
pedagogikasi mustaqil ilmiy sohalarga aylanib bo‘lishdi. Ularning
qatoriga ijtimoiy pedagogikani ham kiritsak bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagogikaning pedagogika singari ta’lim - tarbiya
jarayoni jarayoni va hodisalarini o‘rganadi dalolat beradi. Biroq ularni
muayyan o‘ziga xos yo‘nalishlarda o‘rganadi. Bu fanning o‘ziga xos
xususiyati “ ijtimoiy” so‘zida mujassamlashtiilgan.
“Ijtimoiy” (lotinchada socialis - umumiy, ijtimoiy) tushunchasi
ostida odamlarning shakllari, ular o‘zaro munosabatlarining turli
shakllari bilan bog‘liq barcha narsa tushuniladi. Bu degani, agar
pedagogika o‘sib kelayotgan avlodlarning ta’lim tarbiyasi haqidagi fan
bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim - tarbiya jarayonlarida bolaning
jamiyatdagi hayotga qo‘shilishiga bog‘liq hodisalarni aloxida ajratadi.
Bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani
qo‘lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish - turish qoidalari) ijtimoiylashuv
deyiladi.
Shunday qilib agar biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini bu
fanning ob’ekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo‘lsak
quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy
pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola, biroq o‘rganish predmetlari
turlicha. Pedagogikaning o‘rganish predmeti bolani tarbiyalash
qonuniyatlari hisoblanadi, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani
ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu
ikki fanlarning uzoq tarixiy aloqasiga qaramay natijada ularning O‘ziga
xos vazifalari tufayli uzoqlashishi ro‘y berdi. Umumiy pedagogikaning
spetsifik vazifasi ta’lim - tarbiyadir. Bola va bolalikni himoya qilish
ijtimoiy pedagogning asosiy kasbi hisoblanadi.